Turkiya Prezidenti O‘zbekistonga keldi

    Xalqaro hamkorlik 15 Sentabr 2022 3901

    Aeroportda uni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 15-sentabr kuni Samarqandga keldi.

    Aeroportda uni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

    Oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasiga kelib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi va qabriga gul qo‘ydi.

    Turkiya yetakchisining tashrifi dasturida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.