Uchrashuvda 2018-yil 30-aprelda imzolangan “Turkiya Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim”ni ratifikatsiya qilish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Turkiya Respublikasi Istanbul shahridagi vakolatxonasini ochish, Turkiya Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish jarayonini (muddatlarini) soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarni ish bilan taʼminlash, ularni kasb-hunarga oʻqitish va Turkiya Respublikasining kasb-hunarga oʻqitish markazlarining filiallarini yurtimizda ochish, mehnat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish yoʻnalishlarida Turkiya Respublikasi tegishli tashkilotlarining tajribasini oʻrganish va Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllash xususida ham soʻz yuritildi, deb xabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.