Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, mamlakatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari, xususan, Turkiya va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi hamkorlik, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi.

Oʻzbek-turk munosabatlarining keng qamrovli strategik sheriklik darajasida ekanligidan kelib chiqib, SSP Raisi D.Vaxabov savdo va investitsiya sohasida salmoqli natijalarga erishish uchun tayyor investitsiya loyihalarni, shuningdek, aniq takliflari boʻlgan korxona va tashkilotlarni topishda koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar rejalashtirilgan tadbirlar va loyihalar toʻgʻrisida ham oʻzaro fikr almashdilar, deb xabar beradi Savdo-Sanoat palatasi matbuot xizmati.