Turkiya iyun oyining birinchi yarmida Shvetsiyaning NATOga a'zolik arizasini ratifikatsiya qilish masalasiga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 5-aprel, chorshanba kuni Turkiya Prezidenti maslahatchisi Ibrohim Kalin Anadolu agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Shvetsiya hali bir qator shartlarni bajarmagan, shu sababli Turkiya mazkur mamlakatning Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirishiga yashil chiroq yoqa olmaydi.

“Parlamentimiz Finlyandiyaning NATOga a'zoligini tasdiqlaganidan keyin Shvetsiya bilan keyingi uchrashuvimizni iyun oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida o'tkazishga kelishib oldik”, deya qo'shimcha qildi Kalin.

U mazkur muddatni 1-iyundan Shvetsiyada yangi aksilterror qonuni kuchga kirishi bilan izohladi, bu Anqara talablarini bajarish yo'lidagi qadam bo'ladi.

Shimoliy Atlantika ittifoqi Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shvetsiyaning NATOga tezroq a'zo bo'lishiga umid bildirdi, deb xabar beradi korrespondent.net.