Qayd etilishicha, o'tgan hafta Turkiya parlamentining tashqi ishlar komissiyasi Shvetsiyaning NATOga a'zolik arizasi bo'yicha ovoz berishni ushbu masala bo'yicha keyingi muzokaralar o'tkazishga imkon berish uchun qoldirgan.

Ushbu masalani muhokama qilishni 28-29-noyabr kunlari davom ettirish rejalashtirilgan. Shu kunlarda NATO tashqi ishlar vazirlari Bryusselda uchrashadi.

Avvalroq OAV Turkiyadagi hukmron partiya Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishi uchun ovoz berishni yil oxirigacha qoldirishi mumkinligini yozgan edi.

Turkiya oktabr oyida Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qilishni boshlagan edi. Bayonnomani Turkiya parlamenti spikeri Numan Kurtulmush imzoladi, deb xabar beradi korrespondent.net.