Tashrif doirasida joriy yil 24-avgustda Davlat statistika qoʻmitasida Turkiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tadqiqotlar va taʼlim markazining (AREM) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — Oʻzbekistonda jamiyat boshqaruvi masalasini oʻrganib, olib borilgan izlanishlarni nashrdan chiqarishdir.
Uchrashuvda Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Zoxidjon Ziyayev boshchiligidagi markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmtasi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: AREM tomonidan oʻz paytida jamiyatni boshqarish boʻyicha, dastavval, Turkiya va uning qoʻshnilari, shuningdek, Mongoliya, Bolgariya va Afgʻoniston masalalarida olib borilgan tadqiqotlari Turk maʼmuriy tadqiqotlar fondi (TIAV) tomonidan nashr etilgan va dunyoning ilk 500 universitetlari orasidan, jumlasidan, Garvard va Prinston kataloglaridan oʻrin olgan.