Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li Farg‘ona vodiysiga tashrif buyurdi

    Bugun, 14 iyul kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

    Yuqori martabali mehmonni Farg‘ona shahri xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov kutib oldi.

    Mavlut Chavusho‘g‘li ayni damda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxo‘ayev va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan birga Marg‘ilondagi hunarmandchilik markazi tomon yo‘l oldi.

    Taʼkidlash joizki, bu Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga ikkinchi tashrifi bo‘lib, bundan oldin u 2021 yilning 6-9 martida Xiva, Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘lgan.