Majlisda  tomonlarning Ilmiy markazlari tomonidan  vaktsina tayyorlash bo'yicha qilingan ishlar natijalari muhokama qilindi.

Yig'ilishda Turkiya TÜSEB  va TÜBİTAK boshqarma va markazlari birgalikda 13 turdagi COVID-19ga qarshi  vaktsina loyihalari ishlab chiqilgani va ularni hayvonlarda sinashga tayyorgarlik ko'rilayotgani ta'kidlandi.

Rossiyada esa tayyorlangan vaktsinalar yaqin kunlarda klinik sinovdan o'tkazilishi qayd etildi.

Tomonlar bu ishlarni hamkorlikda davom ettirishga kelishib olishdi.

Gulnoza MUFTIZODA,

"YAngi O'zbekiston" uchun

Turkiyadan maxsus