Majlisda tomonlarning Ilmiy markazlari tomonidan vaktsina tayyorlash bo'yicha qilingan ishlar natijalari muhokama qilindi.
Yig'ilishda Turkiya TÜSEB va TÜBİTAK boshqarma va markazlari birgalikda 13 turdagi COVID-19ga qarshi vaktsina loyihalari ishlab chiqilgani va ularni hayvonlarda sinashga tayyorgarlik ko'rilayotgani ta'kidlandi.
Rossiyada esa tayyorlangan vaktsinalar yaqin kunlarda klinik sinovdan o'tkazilishi qayd etildi.
Tomonlar bu ishlarni hamkorlikda davom ettirishga kelishib olishdi.
Gulnoza MUFTIZODA,
"YAngi O'zbekiston" uchun
Turkiyadan maxsus