Turkiya o't o'chiruvchilari o'tgan hafta davomida mamlakatdagi o'rmon yong'inlarining ko'p qismini o'z nazoratiga olishdi, deya ma'lum qildi Anadoly axborot agentligi.
Bu haqda seshanba kuni o'tkazilgan brifingda Turkiya qishloq va o'rmon xo'jaligi vaziri Bekir Pakdemirli aytishicha, 28 iyuldan 3 avgustgacha mamlakatning 38 provintsiyasida sodir bo'lgan 163 yong'inning 152 tasi o'chirilgan. O'rmon yong'inlarini o'chirishda ishtirok etadigan amfibiya samolyotlari soni 3 tadan 6 taga, vertolyotlar soni 45 tadan 57 taga ko'paygan. SHu tariqa, yong'inni o'chirishga jami 72 ta samolyot jalb qilingan.