Qayd etilishicha, hozirgi kunda Turkiya politsiyasi tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish doirasida yirik shaharlar va jamoat joylarida “maxsus reydlar” davom ettirilmoqda.  Avval xabar berilganidek, Turkiyada boʻlish qoidalarini buzgan va qoʻlga olingan xorijliklar orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham boʻlib, ularning aksariyati Istanbul shahridan boshqa viloyatlardagi repatriatsiya markazlari(Geri gönderme merkezi)ga yuborilayotgani kuzatilmoqda. 

Kelib tushgan arizalarga muvofiq, Bosh konsulxona tomonidan Turkiya politsiyasi va Migratsiya xizmati (Göç İdaresi) orqali fuqarolarimizning holati oʻrganilganda, ularning yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport, İkamet İzni) boʻlmagani yoki Turkiyada yashash va ishlash qoidalarini buzganliklari aniqlandi.  

Shu munosabat bilan, yana bir bor Turkiyada boʻlib turgan fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarga toʻliq rioya etishni, oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi (pasport) va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi (İkamet İzni) hujjatlarni olib yurishni soʻraymiz, deyiladi murojaatda.