berganimizdek, Turkiyada boʻlib oʻtayotgan Madaniyat kunlarining ochilishi munosabati bilan Anqara shahrida oʻzbek sanʼatkorlari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Dastur avvalida Oʻzbekistonning tarixiy obidalari tasvirlangan fotokoʻrgazma tashkil etildi.

Konsert dasturida elchixona va konsullik vakillari Xabar, Turkiya madaniyat vakillari hamda Anqarada yashab, faoliyat yuritib kelayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olgan Turkiya Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Oʻzgul Oʻzkan Yavuz tarixi, madaniyati va sanʼati bir-biriga uygʻun boʻlgan ikki millatning madaniy aloqalari, hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalarning natijalari xususida toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbek sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan betakror taronalar nafaqat dillari vatan sogʻinchiga toʻlgan yurtdoshlarimiz, balki, turkiyalik oʻzbek sanʼati muxlislari tomonidan ham birgalikda ijro etildi.

Taʼkidlash joizki, bu kabi tadbirlar madaniy aloqalarni mustahkamlash barobarida ikki millat oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlarini ham yuksaltiradi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.