Ma'lum qilinishicha, bu orolda  Turkiya Jumxuriyatining  Bosh vaziri Adnan Menderes, Tashqi ishlar vaziri Fotin Rushtu Zorlu va Moliya vaziri Xasan Pulatkanlarning sud jarayoni bo'lib o'tgan va ularga o'lim qarori chiqarilgan.

Orol 1960 yili 27 mayda Turkiya tarixida birinchi davlat to'ntarishi bo'lganligining 60 yilligi munosabati bilan qayta nomlandi. 5 yil davomida ko'plab binolari ta`mirlanib, muzey holatiga keltirildi.

Demokratiya va erkinlik orolini markazida joylashgan "Demokratiya" maydoni atrofida 500 kishilik Adnan Menderes kongress markazi binosi, 1200 kishiga mo'ljallangan Fotin Rushtu Zorlu Jomiysi, Xasan Pulatkan sport majmuasi va muzey binosi kad ko'targan. SHuningdek, orolda restoran, Demokratiya va erkinliklar muzeyi va 24 metr uzunlikdagi Demokratiya mayog'i binolari mavjud.

Tantanali marosimda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajjab Toyyib erdog'on va bir kator davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Gulnoza MUFTIZODA,

"YAngi O'zbekiston"

uchun Turkiyadan maxsus