Turkiyada sentyabr oyida inflyatsiya, rasmiy maʼlumotlarga koʻra, yillik 83,45 foizni tashkil etdi. Eng koʻp transport xizmatlari, shuningdek, oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar narxi oʻsdi. Bu haqda Milliy statistika instituti xabar berdi.

Shu bilan birga, ENAGning mustaqil turk ekspertlari maʼlumotlariga koʻra, Turkiyada inflyatsiya oʻtgan yilning sentyabr oyiga nisbatan 186,27 foizga tezlashgan.

Turkiya Markaziy banki isteʼmol narxlarining oshishi va milliy valyutaning qadrsizlanishiga qaramay, dekabr oyidan beri foiz stavkalarini pasaytirish siyosatini davom ettirmoqda. Yil boshidan buyon lira dollarga nisbatan qiymatining 50 foizdan ortigʻini yoʻqotdi.

Bu stavka 12 foizga tushirildi, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan yil oxirigacha bu koʻrsatkich 10 foizdan past boʻlishi kerakligini aytgan.

Turkiyada inflyatsiya oʻtgan 16 oydan beri tezlashmoqda.