Uskuna, ishlab chiquvchilarning fikriga ko'ra, natijani 99 foiz aniq ko'rsatadi.

Olimlar mazkur testni etti oy davomida ishlab chiqdi. Tizim koronavirus borligini og'izdan olingan tupuk namunasi yordamida aniqlaydi. Patogen borligi maxsus biosensor tomonidan aniqlanadi, musbat natija bo'lsa sensor yorishadi. 2019 yilda Janubiy Koreyalik olimlar MERS kasalligini keltirib chiqaradigan virusni aniqlash uchun xuddi shunday sinov tizimini yaratgandi.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko'ra, PSR sinovlaridan farqli o'laroq, ushbu tizim burundan analiz olishni talab qilmaydi, bu odamlarda noqulaylik tug'dirishi mumkin. Bundan tashqari, PSR testining natijalarini kamida bir kun kutish kerak.  Bu uskuna esa koronavirus bor yoki yo'qligini 10 daqiqada aniqlashi bilan e'tiborga molik.