Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Turkiya Respublikasining Mehnat va ijtimoiy taʼminot vaziri Vedat Ishikxan oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda qonuniy va himoyalangan mehnat migratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik ahamiyatga masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida muhim kelishuvlar erishildi. Jumladan:

Turkiyada noqonuniy maqomda boʻlgan oʻzbekistonliklarni deportatsiyasiz legallashtirish amaliyoti davom ettirish;

Turkiyada 3-yil doimiy asosda yashab kelgan oʻzbekistonliklarga shu yil 1-martdan boshlab, ilk bor ishlash xuquqini beruvchi ruxsatnoma berish;

Mehnat vazirligi huzuridagi İŞKUR tashkiloti tomonidan talab yuqori boʻlgan kasblarni markazlashtirib, Migratsiya agentligiga talabnoma taqdim qilish kabi masalalar boʻyicha Bitim imzolashga kelishib olindi.