Turkiyada prezidentlik saylovida Rejep Tayyip Erdog'an g'alaba qozondi

    Turkiyada yakshanba kuni bo'lib o'tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida respublikaning amaldagi rahbari Rejep Tayyip Erdog'an g'alaba qozondi.

    Saylov komissiyasi rahbari Ahmet Ener tomonidan e'lon qilingan Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 99,43 foiz byulletenlar hisob-kitoblariga binoan, Erdog'an 52,14 foiz ovoz to'pladi. Uning raqibi, muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro'g'li esa 47,86 foiz ovoz olgan.

    “Anadolu” agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 400 mingga yaqin saylov byulletenlari hisoblanmagan holda qolmoqda, bu esa endi vaziyatga tubdan ta'sir ko'rsata olmaydi. Markaziy saylov komissiyasi 14-may kuni bo'lib o'tgan prezidentlik va parlament saylovlarining rasmiy natijalarini 1-iyunga qadar e'lon qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda tass.ru.