Unga ko'ra, hech bir nomzod 50% ovoz ololmagan, shuning uchun ikkinchi tur o'tkazilishi kerak. Yener, bu Turkiya tarixida birinchi marta sodir bo'lishini ta'kidladi.
Saylov qutilarining 100 foiz ochilishi natijalariga ko'ra, amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog'an 49,51 foiz ovoz to'pladi. Uning asosiy raqibi, muxolifatdagi “Xalq alyansi” partiyasidan nomzod Kamol Qilichdaro'g'li 44,88 foiz ovoz oldi.
Shu bilan birga, xorijda ovoz bergan 35 ming nafardan ortiq saylovchilarning saylov byulletenlari hali sanab bo'lingani yo'q.
Birinchi turda g'alaba qozonish uchun nomzodlardan biri 50 foiz, plyus bitta ovoz olishi kerak edi. Ovoz berishning ikkinchi bosqichi 28-may kuniga belgilandi, deb xabar beradi mir24.tv.