Turkiyadagi prezidentlik saylovida g'olib nomi ikkinchi turda ma'lum bo'ladi

    Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo'lishi mumkin. Mamlakat ichidagi saylov byulletenlarining deyarli 100 foizi sanab bo'lingan va amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog'anning g'alabasiga yarim foizdan sal ko'proq ovoz kamlik qildi.

    Uning asosiy raqibi, yagona muxolifat nomzodi Kemal Kilichdorog'lu 45 foizga yaqin ovoz to'pladi. Hozir boshqa davlatlarda yashovchi turklarning ovozlari hisoblanmoqda. Erdo'g'on esa oxir-oqibat g'alaba baribir uniki bo'lishiga shubha qilmaydi. Bu haqda u o'z tarafdorlari oldidagi mitingda aytib o'tdi.

    “Biz allaqachon raqibimizdan 2 million 600 ming ovoz bilan o'zib ketdik va yana bir bor ta'kidlamoqchimanki, sanoq hali yakunlanmaganiga qaramay, xalq bizni tanlayotgani aniq. Kelgusi besh yil davomida xalqimizga xizmat qilishda davom etishimizga ishonamiz”, - dedi Turkiya rahbari.

    Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari bir kun avval bo'lib o'tdi, ular kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida o'tkazildi. Saylovchilarning 86 foizi ishtirok etdi, jami 53 milliondan ortiq kishi ovoz berdi, deb xabar beradi mir24.tv.