Turkiyada sodir bo'lgan zilzila oqibatida 240 nafarga yaqin odam jabrlandi

    Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 236 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Kemal Memisog'lu Favqulodda vaziyatlar departamenti tezkor shtabida o'tkazilgan brifingda ma'lum qildi.

    Memisog'luning so'zlariga ko'ra, jabrlanganlarning aksariyati vahima tufayli jarohatlangan – odamlar uylardan sakrab, balandlikdan yiqilib tushgan. Istambulning o'zida 173 ta shunday holat qayd etilgan. Bundan tashqari, jabrlanganlarning aksariyati shifoxonaga yotqizishni talab qilmagan va ularning ahvoli normal deb baholanmoqda.

    Bugun, 23-aprel kuni ertalab Istambuldan bir necha o'nlab kilometr uzoqlikda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Seysmik faollik Istambulga qo'shni viloyatlarda ham sezilgan. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 51 bor aftershok qayd etilgan, deb xabar beradi kommersant.ru.