Holatga oydinlik kiritish maqsadida Oʻzbekistonning Istanbuldagi konsulxonasi Turkmanistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi, xabarni birinchi boʻlib tarqatgan OAV rahbariyati, ijtimoiy tarmoq faollari va rasmi eʼlon qilingan fuqarolar bilan muzokara olib bordi.

Maʼlum qilinishicha, jasadlar chindan ham Turkmaniston fuqarolari — Gulkamar Hanimova, qizlari Leyla Geldiazova va Lachin Geldiazova hamda Ruslan Kerimov ismli shaxslarga tegishli ekani aniqlangan.

Rasm egalari esa 6 yil avval Istanbulda birga tushishgani, vafot etgan turkmanlar bilan umuman aloqasi yoʻqligi, Izmirga ham borishmaganini bildirishdi.  

Rasmlarning almashib qolish sabablari oʻrganilmoqda.

OAV mutasaddisi rasmni Izmir Politsiyadan olganini taʼkidladi.

Qoʻshni davlat diplomatlarida vafot etgan shaxslarning haqiqiy rasmlari yoʻqligi oʻrganildi. Izmir politsiyasi va xabarni tarqatgan OAV vakillariga maʼlumotlarni toʻgʻrilash boʻyicha Bosh konsulxona oʻz rasmiy talabini yoʻllaganini maʼlum qiladi.