Mazkur madaniy kechada adabiyotshunoslar, turk akademik doiralari, mahalliy OAV va Turkiyadagi oʻzbek diasporasi vakillari, Istanbuldagi konsalting kompaniyalari xodimlari hamda oʻzbekistonlik sanʼatkorlar ishtirok etdi.
Tadbir chogʻida Navoiy va Boburning koʻp qirrali ijodiy merosi va dunyo madaniyatiga hamda turkiy adabiyotshunoslik ravnaqiga qoʻshgan bebaho hissasi xususida atroflicha fikr yuritildi. Jumladan, Turkiyada faoliyat koʻrsatadigan “Oʻzbek Kadin Haklari” uyushmasi rahbari Ozoda Islamova buyuk ajdodlarimizning hayoti, ijodi va yaratgan bebaho asarlari haqidagi maʼlumotlarni madaniy tadbir qatnashchilari bilan oʻrtoqlashdi.
Shuningdek, oʻzbek va turk shoirlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiga mansub sheʼr va gʻazallardan namunalar oʻqilgani barobarida oʻzbekistonlik sanʼat ustalari tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.
Ushbu tadbir Turkiya ommaviy axborot vositalarida atroflicha yoritildi.