The Sun nashri xabariga ko'ra, qutqaruvchilar “Xatayspor” klubida to'p surayotgan futbolchining ovozini eshitib, uni topishgan.

“31 yoshli ganalik futbolchi dushanba kuni ertalab Turkiyada ikki marta zilzila sodir bo'lganida turar-joy binosining to'qqizinchi qavatida bo'lgan, — deb yozadi nashr. — Qutqaruvchilar “Chelsi”ning sobiq hujumchisi Kristian Atsuning ovozini eshitib, uni vayronalar ostidan tirik holda topishdi”.

Mahalliy matbuotning yozishicha, nafaqat futbolchi, balki “Xatayspor” klubi menejerlaridan biri ham topilgan.

 “Kristian Atsu jarohatlangan holatda topildi”, — dedi “Xatayspor” matbuot kotibi Mustafo Ozat. — Sport direktorimiz Taner Savut, afsuski, hanuz vayronalar ostida”.

Qutqaruvchilar klubning boshqa futbolchilari — Onur Ergun va Burak Oksuzni tirik topishga muvaffaq bo'ldi, Kerim Alichi esa vayronalar ostidan o'zi chiqib ketdi.

Atsu Turkiya chempionati doirasidagi “Kasimpashi”ga qarshi o'yinda g'alaba to'pini kiritgan va “Chelsi”dan tashqari “Nyukasl”, “Bornmut”, “Everton” va boshqa ko'plab klublarda to'p surgan, deyiladi tengrinews.kz saytida.