Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning so'zlariga ko'ra, zilzila oqibatida uchta bino va bitta do'kon qulab tushdi. Hech kim jabrlanmadi.
Seysmik hodisa 27-oktabr kuni soat 22:48 da sodir bo'lgan, zilzila o'chog'i deyarli 6 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yerlikayaning qo'shimcha qilishicha, qulagan binolarda bo'lgan barcha odamlar evakuatsiya qilingan.
Prezident Rejep Tayyip Erdog'an ijtimoiy tarmoqlarda yer silkinishlari qo'shni viloyatlarda ham sezilganini aytdi. Uning qo'shimcha qilishicha, mutaxassislar allaqachon zarar ko'rgan hududda ish olib bormoqda, deb xabar berdi kommersant.ru.