“Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlarining mamlakatimizga tashrifi boshlandi.  

Festival doirasida 13 ta mamlakat Ozarbayjon, Belaruc, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va Oʻzbekiston kinosi kunlari oʻtkaziladi. 

Festivalda ishtirok etish uchun turkiyalik mehmonlarning bir guruhi Toshkentga yetib keldi. Ular Oʻzchan Ayma, Erchan Deniz, Selim Beyraktar va boshqa taniqli turk yulduzlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.