Shuni alohida taʼkidlash kerakki, dizayner 2021-yilda Yangi Oʻzbekiston bogʻidagi mustaqillik monumenti stellasi dizaynining ham muallifi. Bunday sharafli va masʼuliyatli ish va ishonch uchun u davlatimiz rahbiridan gʻoyat minnatdor. Ayni paytda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyidagi qator dizayn loyihalari borasida hamkorlikda ish olib borayotgan Sinan Turamanga Imom Buxoriy inovatsion muzeyi dizayni ham ishonib topshirilgan.
Uning taʼkidlashicha, muzeyning ichki mazmunini mukammal yaratish oʻzbek olimlari ishtirokisiz boʻlmaydi. Zero, Imom Buxoriydek buyuk muhaddis hayoti, faoliyatini bir muzeyda koʻrsatib berish gʻoyatda murakkab. Shuning uchun ulugʻ olim tarixining biro jihatini nazardan qoldirmaslikka harakat qilinyapti. Dizayner loyiha taqdimoti chogʻi berilgan takliflardan foydalanish muzeyning yanada mukammal boʻlishiga xizmat qilishini aytdi.