Turkiyaning yuqori reytingga ega boʻlgan “Haberturk” nashri Oʻzbekistonning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasidagi faoliyatini tahlil qilib, mamlakatning qoʻlga kiritgan yutuqlari mintaqada boshqa davlatlarnikidan ajralib turgani, kasallanish va oʻlim holati past darajadaligi, sogʻayish koʻrsatkichi yuqorilab borayotgani va bunga oʻz vaqtida koʻrilgan choralar sabab boʻlganini aytib, Oʻzbekiston boshqa mamlakatlarga namuna sifatida koʻrsatilgan.
Koronavirus epidemiyasining birinchi kunlaridan boshlab Oʻzbekiston hukumati boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq yirik ommaviy marosim va tadbirlarni va maktablar faoliyatini toʻxtatdi. Boshqa mamlakatlar bilan havo va quruqlik yoʻllari yopildi, temir yoʻllar qatnovi toʻxtatildi. Aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Oʻzbekiston hukumati tomonidan ajratilgan moliyaviy resurslar sogʻliqni saqlash tizimi salohiyatini mustahkamlash va aholi salomatligini asrashda muhim omil boʻlmoqda.
Bugun barcha sohalarda Oʻzbekiston taraqqiyoti yuqori surʼatlarda rivojlanmoqda. Mamlakat boʻylab tashqi savdo aloqalarini oʻrnatish va rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Mamlakat umuman demokratik oʻzgarishlarga, shuningdek, iqtisodiy ehtiyoj va talablarga javob beradigan maqomga ega. Shu oʻrinda, yirik iqtisodiyotga ega boʻlgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston bilan umumiy aloqada boʻlgan mamlakatlar orasida birinchi oʻrinda turadi. Hamkorlik doirasidagi ikki tomonlama munosabatlar darajasi raqamlarda aks etadi. 2019-yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmi 2018-yilga nisbatan 44 foizga, import hajmi esa 49,9 foizga oʻsdi.
Pandemiyaga qaramay, qayd etilgan yuqori koʻrsatkichlar oʻzaro munosabatlar uzoq muddatli strategik ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Bularning barchasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining amaliy va uzoq muddatli iqtisodiy siyosati samarasi ekani va mavjud salbiy vaziyat vaqtinchalik ekanini isbotlamoqda.
Oʻzbekistondagi ichki va tashqi iqtisodiy siyosat dunyo eʼtiborini tortmoqda. Siyosatshunoslar Oʻzbekistonning oʻzgarayotgani va tashqi siyosiy yutuqlari haqida fikr bildirmoqda. Bularning barchasi mamlakatning jahon hamjamiyati bilan birlasha boshlaganligini koʻrsatadi, deyiladi maqolada.