“Biz Hatay aeroportida uchish-qo'nish yo'lagini ta'mirlashni yakunladik, bugun u qayta ishga tushirildi”, deb yozdi vazir Adil Karaismailoglu Twitterda.
Boshqarma boshlig'ining qo'shimcha qilishicha, havo bandargohi ishi qayta tiklanishi tufayli viloyat aholisini insonparvarlik yordami bilan ta'minlash va tabiiy ofatdan vayron bo'lgan joylarni tiklash osonlashadi, deyiladi mir24.tv saytida.