Marjon va baliqlardan tortib dengiz toshbaqalari-yu xilma-xil suv o‘tlaridan iborat hayratlanarli dengiz hayoti hamda son-sanoqsiz dengiz jonzotlarining vatani bo‘lgan Turkiyaning suv osti olami ajoyib qoyalari, sirli g‘orlari va qiziqarli tunnellari bilan ko‘zni qamashtiradi.
Kash: Turk Rivierasida halokatga uchragan kemalar orasidagi tirik marvaridlar
Kash nafaqat Turkiyaning, balki dunyoning eng yaxshi 10 sho‘ng‘ish manzillaridan biridir. Kashning suvdagi hayoti shu qadar jonliki, g‘avvoslar dengiz toshbaqalari, barrakudalar, skatlar va orfoz kabi ko‘plab dengiz hayvonlarini ko‘rishlari mumkin. Bir nechta g‘orlar O‘rta yer dengizi mushuklari uchun boshpana sifatida ham himoyalangan. Qolaversa, bu yerdagi kema halokatlarining joyi bir sho‘ng‘ishda tarix va dengiz tadqiqotlarini birlashtiradi. Bu yerda Dimitriy yuk kemasining Kanyondagi halokati, Ikkinchi Jahon urushi davridagi italyan bombardimonchi samolyoti va C-47 harbiy yuk samolyoti (Dakota) ning halokat qoldiqlari bor. Shuningdek, Kariya va Likiya sivilizatsiyalariga mezbonlik qilgan son-sanoqsiz qadimiy shaharlarni ziyorat qilish va mashhur trekking yo‘llarini sinab ko‘rish mumkin.
Fethiye: Egey va O‘rta yer dengizi uchrashadigan osoyishta maskan
Agar siz go‘zal tabiat va hayajonli tajribalarni o‘zida mujassam etgan mukammal dam olishni izlayotgan bo‘lsangiz, Fethiye aynan siz uchun! Fethiyaning firuza suvlari ostida — yumshoq marjonlar bilan qoplangan arklar, sirli tunellar va go‘yo tushdek ko‘rinadigan dengiz hayoti hamda chuqur yon bag‘irlarga ega sehrli olam yashiringan. Qizil orolda (Kızıl Ada) tabiiy suv osti amfiteatri va Aquarium ko‘rfazining tungi sho‘ng‘ish uchun mos bo‘lgan shaffof suvlari o‘z kashshoflarini kutmoqda. Afkule shuningdek, anemon gullari, marul marjonlari, dengiz bodringi va dengiz marjonlari bilan bezatilgan g‘or orqali sehrli sho‘ng‘ishni taklif qiladi. Yaqin atrofda tabiiy yorug‘lik nurlari bilan yoritilgan yarim ochiq g‘or Turk Hamamining sho‘ng‘ish maydonida inson o‘zini huddi shaxsiy hovuziga tushgandek his qiladi. O‘ludeniz ustida paraplanda uchish, Kapalak vodiysida kapalaklarni kuzatish va Saklikent kanyonida yurish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
Bodrum: Egeyda hayratlanarli uchrashuvlar
Bodrumda hashamat bilan sakinat uyg‘un bo‘lib, betakror landshaftlarni qidirayotgan g‘avvoslar uchun ham ideal tanlovdir. Bodrumda skatlar, barrakudalar, orkinoslar, moray ilonbaliqlari va sakkizoyoqlar yashaydigan qoyalar, vayronalar, g‘orlar, qoya tepalari kabi 20 dan ortiq sho‘ng‘ish joylari mavjud. Bir-biridan atigi 200 metr masofada joylashgan Katta va Kichik qoyalar o‘zining ajoyib suv osti hayoti bilan manzur bo‘lsa, Karaadadagi Delikli g‘ori binafsha va sariq shakli bilan hayratda qoldiradi. Orak oroli o‘zining ajoyib suvosti relyefi bilan unutilmas devor bo‘ylab sho‘ng‘ishni va’da qiladi, Turkiya Harbiy-dengiz kuchlarining sobiq suv tankeridan tortib, Turkiya Harbiy-havo kuchlarining sobiq parashyut samolyotigacha bo‘lgan tarixiy halokatlarning izlari unutilmas hayajon bag‘ishlaydi. Kash Uluburun kema halokatining asl qoldiqlari Bodrum suv osti arxeologiyasi muzeyida saqlanadi. Bodrumning Mishlen yulduzli restoranlari mintaqa va jahon oshxonasining boy lazzatlarini aks ettiruvchi nafis taomlarni taqdim etadi.
Chanoqqal’a: Shimoliy Egey dengizining tarixiy sohilidagi epik sho‘ng‘ishlar
Chanoqqal’a sohilida sho‘ng‘ish o‘tmish bilan hamohangdir, bu suv osti arxeologiyasi va tarix ishqibozlari uchun muhim manzil hisonlanadi. Saros ko‘rfazi 200 dan ortiq dengiz turlari, shuningdek, 188 tonnalik Lundy kabi kema halokati qoldiqlari bilan ajralib turadi. Birinchi Jahon urushi davridagi asosiy jang maydoni bo‘lgan Gallipoli hozirda tarixiy suv osti parkiga ega. Gallipoli tarixiy suv osti parkida 14 xil kema halokatga uchragan bo‘lib, SS Milo va HMS Majestic kabi urush chog‘lari Dardanel bo‘ylab turli xil chuqurliklarga tarqalib ketgan.