Turkiyaning sharqiy qismidan 1,2 milliard dollarli oltin zahirasiga ega kon topildi

    Bu haqda mamlakat sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank maʼlum qildi deb, xabar tarqatgan ria.ru.

    “Koza Altin kompaniyasining Mollakara qishlogʻida joylashgan shaxtasidan qiymati 1,2 milliard dollar boʻlgan 20 tonna oltin, qiymati 2,8 million dollarga teng 3,5 tonna kumush zahiralari aniqlandi”, dedi vazir konlarning ochilish marosimida.

    Varank soʻnggi 10 yilda mamlakatga oltin qazib olish uchun kiritilgan sarmoya 25 foizga oshganini qayd etdi. 2020-yilda mamlakatning 18 ta konidan 42 tonna oltin qazib olingan.

    Vazirning aytishicha, Turkiya shu yili 45 tonna oltin qazib olishni moʻljallamoqda. Yaqin yillarda bu koʻrsatkichni 100 tonnaga yetkazish koʻzda tutilgan.