Turkiyada kecha sodir etilgan zilzilalar qurbonlari soni 2379 nafarga yetdi. 7840 kishi vayronalar ostidan qutqarib qolindi. Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oqtoy maʼlum qildi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan 12-fevral, yakshanba kuni butun mamlakat boʻylab va xorijiy davlatlar vakolatxonalarida milliy bayroqlar yarmiga tushirilishi haqida farmoyish eʼlon qildi.
Xabarlarda aytilishicha, zilzila oqibatida zarar koʻrgan hududlarda oliy oʻquv yurtlarida oʻquv jarayonlari toʻxtatiladi.
Shuningdek, mamlakatdagi barcha umumtaʼlim maktablarida 13-fevralgacha taʼtil berildi.
Oqtoyning taʼkidlashicha, universitetlar va maktablarda boʻshagan binolar jarbdiydalar uchun boshpana sifatida qoʻllaniladi.