Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatimizga tashrif buyurdi

    Hukumat 9 Noyabr 2023 760

    Yirik xalqaro tadbir - Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida qatnashish uchun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatimizga tashrif buyurdi.

    Toshkent xalqaro aeroportida uni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Qisqa suhbatdan soʻng, Oliy martabali mehmon oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketdi.

    Eslatib oʻtamiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan mazkur sammitda ishtirok etish uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar mamlakatimizga yetib kelgani xabar qilingan edi.