Davlat rahbarining topshirigʻi bugun boʻlib oʻtgan hukumat yigʻilishida eʼlon qilinganini Turkmaniston televideniyesining “Vatan” axborot dasturi maʼlum qildi, deb yozadi “Turkmanportal” yangiliklar sayti.
Internet-resurs maʼlumotlariga koʻra, Turkmaniston Prezidenti dunyoda epidemiologik vaziyat normallashgani, koʻplab mamlakatlar oʻz makonini ochganini qayd etgan.
Turkmaniston va boshqa mamlakatlar oʻrtasida muntazam havo qatnovlari COVID-19 pandemiyasi boshlangan pallada, yaʼni 2020-yilning bahorida toʻxtatilgan edi.
Joriy yil 6-may kuni mamlakat havo qatnovlarini qisman qayta tiklashi maʼlum qilindi. Hozirgi paytda Turkmanistondan havo qatnovlari ikki yoʻnalishda – Qozon va Dubayga amalga oshirilmoqda.
1-iyundan boshlab Oʻzbekiston yuk avtotransport vositalarining tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna) harakatlanishi orqali Turkmaniston hududi boʻylab tranzit tashuvlarni amalga oshirish ruxsatini oldi.