Bu haqida faxriy oqsoqol Yozmurod Otamurodov Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida oʻtkazilgan Xalq maslahati yigʻilishida maʼlum qildi.
Otamurodovning taʼkidlashicha, aholining ijtimoiy-maishiy sharoiti yuqori va endilikda toʻlovlarni doimiy ravishda oshirish zarur emas. U, shuningdek, “dunyoning hech qaysi davlatida fuqarolarga bunday imtiyozlar berib kelinmaganini” qoʻshimcha qildi.
Faxriy oqsoqol prezident Berdimuhamedovdan bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashni va tejaladigan mablagʻlarni mamlakat taraqqiyoti hamda boshqa muhim yoʻnalishlarga yoʻnaltirishni soʻradi. Prezident esa oʻz navbatida Otamurodovga nutqi va tavsiyalari uchun minnatdorlik bildirdi.








