Qayd etilishicha, «O'zenergoinspektsiya» va Bojxona qo'mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi hamkorligida o'tkazilgan nazorat tadbirida Turkmanistondan respublikamiz hududiga noqonuniy tarzda «dizel`» yoqilg'isini hujjatlarda «Bitumnaya mastika» tarzida ko'rsatib olib kirishga bo'lgan urinish fosh etildi.
Xususan, Buxoro viloyatidagi «Olot» chegara posti orqali og'irligi 115 tonna (qiymati 1 mlrd 300 mln so'mlik) hujjatlarda «Bitumnaya mastika« deya ko'rsatilgan tovar «O'zenergoinspektsiya» kimyo laboratoriyasi xulosasiga ko'ra «dizel`» yoqilg'isi ekanligi ma'lum bo'ldi.
Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib ushbu yoqilg'i mahsulotlari vaqtincha saqlovga olindi.