Turkiyaning Hurriyet nashrining xabar berishicha, 22 yoshli Seyidov Turkiyaga ikki yil oldin kelib, Kastamonu universitetining matematika fakul`tetiga o'qishga kirgan. Axborot texnologiyalariga qiziqishi yuqori bo'lganligi sababbli o'qishdan bo'sh vaqtlarida Apple dasturlari tizimidagi xatolarni topish ustida ishlagan.
Seyidov oldin ham Apple tizimidagi kamchiliklarni aniqlagan edi. O'shanda Seyidov do'stining telefonidagi Apple xatosini aniqlab, 250 lira mukofot olgan va shu markadagi telefonlarning kamchiliklar ustida ishlashni boshlagan.
Bu safar Apple Storega tizimida o'yinlar yuklab olishdagi kamchiliklarni aniqlagan yigit tezda kompaniyaga xabar berdi. SHundan so'ng kompaniya Seyidovga 25 ming lira va minnatdorlik maktubi yubordi.