Yig‘ilishda TURKSOY tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev va faxriy raisi Anar Rzayev, TURKSOY Yozarlar birligi hamda Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Ulug‘bek Yesdavlat, shu bilan birga, Yevroosiyo, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tatariston va Boshqirdiston Yozuvchilar uyushmalari vakillari qatnashdi.
Ushbu yig‘ilishda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov nutq so‘zlab, ushbu festival qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va adabiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir doirasida festival ishtirokchilariga viloyat hokimligining estalik sovg‘alari topshirildi.