Ayollar oʻrtasida -51 kg vazn toifasida ringga koʻtarilgan bokschimiz Tursunoy Rahimova turkiyalik Yevropa chempioni Buse Nazga tengma-teng kurash ostida oʻtgan jangda yutqazib qoʻydi. Jangning murosasiz oʻtganini natija ham koʻrsatib turibdi – 2:3.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Tursunoy Rahimova Olimpiadaning 1/16 finalida gʻalaba erishgan birinchi oʻzbek ayol bokschidir.