Tursunoy Jabborova Osiyo chempionati sovrindori boʻldi

    Sport 14 May 2025 559

    Xitoyning Jiangshan shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati yakuniga ketib bormoqda.

    Biroz avval ayollar oʻrtasida -87 kg vazn toifasida bahslar oʻtkazildi. Eʼtiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast koʻtarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor boʻldi.

    Afsuski, Jabborovaga siltab koʻtarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pogʻonadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.