Gipotalamo-gipofizik disfunktsiyali epilepsiyani davolash dasturi yaratildi, deb yozmoqda Intellektual mulk agentligi.

Epilepsiya, ya'ni tutqanoq, bosh miyaning surunkali kasalligi bo'lib, ko'pincha hushdan ketish, bemor shaxsining o'zgarishi, ayrim hollarda aqliy qobiliyatning susayib borishi bilan kechadi.

Kasallikni keltirib chiqaruvchi quyidagi sabablar tez-tez uchrab turadi: bosh miya jarohati, insult, bosh miya o'smasi, tug'ruq jarayonida kislorod va qon-tomir yetishmovchiligi, miya tuzilishining buzilishi (malformatsiyalar), meningit, virus va parazitar kasalliklar, miya abstsessi (yiringlashi).

Katta va kichik tutqanoqlar epilepsiyaning asosiy begisidir. Ko'pincha, hech bir sababsiz, ba'zan qattiq hayajon, charchashdan so'ng tutqanoq tutadi. Aksari tutqanoq boshlanishidan avval bemor kayfiyati o'zgaradi, serzarda yoki ma'yus bo'ladi, boshi og'riydi, lanj tortadi.

Dastur gipotalamus-gipofiz tizimining endokrin funktsiyalarini tartibga soladi, tananing gormonal muvozanatini normallashtirishga imkon beradi.

Intellektual mulk agentligi tomonidan dastur ro'yxatdan o'tkazilib, DGU 14642 raqamli guvohnoma bilan muhofazaga olindi.