Film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish boʻyicha  2019-2020-yillarda oʻtkazilgan “Mehr” operatsiyasiga bagʻishlanadi.

Kinokartinada  asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urgʻu beriladi. Yaqin Sharqga ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur boʻlgan va uni yoʻqotib qoʻygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli oʻspirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Ssenariy muallifi – Azamat Qorjovov. Rejissyor – Rashid Malikov. Filmda Nigina Anorboyeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov kabi aktyorlar rol ijro qilmoqda.

Hozirda filmning tasvirga olish ishlari Buxoroda boʻlib oʻtmoqda.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati