Italiyaning Turin shahrida nashr etiladigan Tuttosport gazetasi oʻz anʼanasiga koʻra Yevropaning eng yaxshilarini eʼlon qildi.

“Real” hujumchisi Karim Benzema koʻhna qitʼaning eng yaxshi oʻyinchisi, shu jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropadagi eng yaxshi ustoz deb topildi.

Shuningdek, Florentino Peres (“Real”) – eng yaxshi prezident, Paolo Maldini (“Milan”) – eng yaxshi menejer, Rafaela Pimenta (Italiya) – eng yaxshi agent, Andrey Shevchenko (Ukraina) – Golden Boy Career Award sovrindori boʻldi.