Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida fuqaro N.I. tomonidan taʼqiqlangan leskali toʻr yordamida 30 dona sudak, 5 dona tovon baligʻini ovlaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, bir dona rezina qayiq va 150 metr leskali toʻrlar ashyoviy dalil sifatida olindi hamda 10.710.000 soʻm zarar davlat hisobiga undirish maqsadida hujjatlar sud organlariga yuborildi.
Tadbir davomida 3 nafar fuqarolar F.G.,T.Y. va S.A.lar tomonidan baliq ovlash qoidalarini buzganligi uchun MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va har bir fuqaroga 3.400.000 soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.