Tuyamoʻyin suv omborida ham suv sathi keskin kamayib ketdi

    Yashil sayyora 31 May 2023 1162

    Amudaryoning quyi oqimda bahordagi issiq va kam yogʻinli davr joylarda suv tanqisligini, Tuyamoʻyinda sovuq mavsumda toʻplangan suvning oxirgi hajmlari ishlatilishiga sabab boʻldi.

    MeteoJurnal” ning yozishicha, mayning boshida suv omborida suv hajmi 2,5 km kub gacha kamaygan.

    Mayning ikkinchi oʻn kunligida suv omboriga kirish oqimi prognozdagidan 1.23 km/kub.gacha kam boʻlib chiqdi (ehtimol buni mayning birinchi oʻn kunligida Amudaryo suvining Qoʻshtepa kanaliga ochib yuborilishi bilan izohlash mumkin). Suv omboridan 0.15 km kubgacha suv oqib chiqdi. Natijada, suv omborida suv hajmi 2,3 km kub ga kamayib ketdi. Bu suv ombori uchun juda ham minimal holatdir.

    Amudaryoning quyi oqimida juda kuchli suv tanqisligi mavjud.

    Amudaryo quyi qismida mart-aprelda ekinlarning suvga boʻlgan talabi issiq va quruq havo omili tufayli mavsumga xos boʻlmagan tarzda 50 foizga ortib ketgan.

    Amudaryoning quyi oqimida aprel-may oylarida suv tanqisligi ketma-ket toʻrtinchi yil davom etmoqda.