Tuz isteʼmolini kuniga 3 grammga kamaytirish orqali yurak - qon tomir kasalliklarini ikki barobarga kamaytirish mumkinligini mutaxassislar koʻp bora qayd etyapti.
Hozirga qadar ushbu modul koʻpgina davlatlarda sinab koʻrilgan. Masalan, Finlyandiyada oʻtgan asrning 70 yillarida kundalik tuz miqdorini 12 grammdan 9 garammga pasaytirishga undovchi fikrlar aytila boshlagan ekan.
Natijada nimaga erishildi?
Mamlakatda yurak kasalliklari bilan kasallanganlar mos ravishda 75-80 foizga qisqardi va uzoq umr koʻrish davomiyligi 5-6 yilga oshgani kuzatilmoqda, deb xabar beradi Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi matbuot xizmati.