Varshavada AQShning Ford kompaniyasi avtosaloni va xizmat ko‘rsatish markazi joylashgan 3 200 kvadrat metrlik bino yonib ketdi. Bu haqda TVP telekanali yong‘in bo‘limiga tayanib xabar berdi.
Yong‘in haqidagi dastlabki xabarlar mahalliy vaqt bilan soat 5:00 da avtosalondan tutun ko‘tarila boshlaganidan keyin kela boshladi, deb xabar berdi tass.ru.
TVPning xabar berishicha, qirqta o‘t o‘chirish guruhi chaqirilgan. Jabrlanganlar yoki yong‘in sababi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.