Mashhur ijtimoiy tarmoqdagi birinchi tvit 15 yillar oldin yozilgan. Dorsi qisqa jumla yozgan: “Shunchaki oʻzimning tviterimni sozlayapman”.
Tarixiy tvit Valuables onlayn auksionida paydo boʻlgan. Auksion shartlariga koʻra, ushbu postni xarid qilgan inson “muallif tomonidan imzolangan va tekshirilgan noyob raqamli sertifikat”ni ham qoʻlga kiritadi. Gap oʻziga xos raqamli imzo haqida ketmoqda.
Post sotuvga qoʻyilganiga qaramay, oldingidek Twitterda translyatsiya qilinaveradi.
Hozircha Dorsining tviti uchun berilgan eng yuqori narx 2,5 million dollarni tashkil etmoqda. Bu kabi narxni taklif etgan inson — Bridge Oracle bosh direktori Xakan Estavi. Ehtimoliy xaridor aslida ushbu tvit uchun bundan ham koʻproq toʻlashga tayyorligini bildirgan. U 10 million dollargacha berishga tayyor.