Kitob ozarbayjon, o'zbek va turk tillarida juda katta adadda chop etilgani bilan e'tiborga sazovordir.
Ozarbayjon Madaniyat parlamenti qo'mitasining raisi, deputat - Ganira Pashaeva va Toshkentdagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining direktori – Samir Abbosov mazkur kitobga taqriz yozishgan.
Xosiyat Rustamovaning "Ismi Lala edi u qizning" nomli kitobi chiqishdan avval o'tgan yili shu qiz haqida "U Ozarbayjon edi" deb nomlangan maqolasi "Kitob dunyosi" gazetasida e'lon qilingan edi. Mazkur she'riy to'plamda aynan shu qizning hayoti haqida so'z yuritiladi. Qorabog'dagi urush, Ozarbayjon va Armanistondagi janglar natijasida oiladagi qiyinchiliklar, mudhish yo'qotishlar yosh qizning qalbida unutilmas iz qoldiradi.
Kuni kecha O'zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi “Bizning har-bir lahzamiz – Vatan” nomli she'rlar tanlovining yakuniy qismini e'lon qildi. Unga ko'ra birinchi sovrin “Kitob dunyosi” gazetasi bosh muhariri, shoira Xosiyat Rustamovaga “Ismi Lala edi u qizning” she'ri uchun berildi.
Tanlovning boshqa g'oliblari ichida hamyurtlarimiz Gulzira SHaripova, Farog'at Xudoyqulova, Athambek Alimbekov, Dilorom Murodova va O'ktamxon Xoldorova ham bor. G'oliblar O'zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining faxriy diplomi va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati