Taniqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan huquqshunos Ubaydulla Mingboyevga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni berildi

Maʼlumot uchun, Ubaydulla Mingboyev Surxondaryo viloyat sudi sudyasi, viloyat sudi raisining oʻrinbosari, Oliy sud sudyasi, Buxoro viloyat va Toshkent shahar sudlariga rahbarlik qilgan. Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi raisi sifatida samarali faoliyat koʻrsatgan.