Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari natijasida yangi barpo etilgan Fargʻona shahrining Shodiyona mahallasida shahar va tumanlardan kelgan nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar va ota-onalarning “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi, viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash bashqarmasi boshligʻi va masʼul xodimlari ishtirok etib, barcha ishtirokchilarni kirib kelayotgan “Mustaqilligimizning oʻttiz yilligi bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etdi.

Uchrashuv yakunida barcha mahalla faollari, xotin-qizlar, nuroniy otaxonlar va onaxonlar, shuningdek faol yoshlar viloyat hokimining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.